10 kun
Barcha mavsum
15 kishi
Uzbek
Malayziya – ajoyib va maftunkor mamlakatdir. Rang-barang va ko’p qirrali, o’zining qadimiy madaniyati hamda oliy darajadagi riviojlanishni mujassamlab olgan ushbu davlat – barcha sayyohlarni lol qoldiradi.
Ko’plab sayyohlarga unutilmas taassurotlarni qoldiruvchi Kuala-Lumpur – Malayziyaning poytaxti hisoblanadi. Jadal o’sib borayotgan ushbu shahar – mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotning markazi hisoblanib kelmoqda.
Yana bir jozibador fakt bu mamlakatda turli xil madaniyat, millat va dinlarning birgalikda gullab-yashnayotganligida. Mamlakat mazali taomlar, behisob street-foodlar va shopping makoni ham hisoblanadi. Xullas, Malayziya tashrif buyurishingiz kerak bo’lgan mamlakatlar orasida, albatta, birinchi qatorda bo’lishi kerak.
Customer