Malayziya – ajoyib va maftunkor mamlakatdir. Rang-barang va ko'p qirrali, o'zining qadimiy madaniyati hamda oliy darajadagi riviojlanishni mujassamlab olgan ushbu davlat – barcha sayyohlarni lol qoldiradi. Ko'plab sayyohlarga unutilmas taassurotlarni qoldiruvchi Kuala-Lumpur – Malayziyaning poytaxti hisoblanadi. Jadal o'sib borayotgan ushbu shahar – mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotning markazi hisoblanib kelmoqda.